Pul muhimmi yoki kar'era? Brunu Fernandes kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 26.06.2026 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh Saudiya Arabistoni klublarining qiziqishiga qaramay, jamoada qolishga qaror qildi. Bu haqida talkSPORT xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi jahon chempionatidan avval klub rahbariyati bilan rasmiy muzokara o‘tkazmagan. Biroq u jamoadoshlari va o‘z atrofidagilarga «Manchester Yunayted»da qolish niyati borligini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi kamida yana bir yil mankunianlar safida to‘p surishni istamoqda.

Brunu Fernandesh 2020 yil yanvaridan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol va 22 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!