
Pulga kuymasimizdan bu yulduzni tez sotaylik!
“Chelsi” mutasaddilari qishki transferlar davrida jamoaning asosiy himoyachisi Antonio Ryudigerni sotib yuborish bo‘yicha bir to‘xtamga keldi.
Klubning futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari to‘xtab qoldi. Bunga germaniyalik himoyachining haftalik maoshini 130 ming funtdan 200 ming funtga ko‘tarishni talab qilgani sabab bo‘ldi.
Bosh murabbiy Tomas Tuxel klub xo‘jayinlaridan eng asosiy himoyachisini nima qilib bo‘lsa ham olib qolishni so‘ramoqda.
Biroq, rahbariyat mavsum oxirida shartnoma tugaydigan futbolchi erkin agent sifatida tekinga ketib qolmasligi uchun uni qishda sotib yuboradigan bo‘ldi.
Fikrlar