Pulishich APLga qaytishi mumkin!
"Milan" yarim himoyachisi Kristian Pulishich Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. "USMNT Only" nashrining xabar berishicha, "Liverpul" va "Arsenal" amerikalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.
Qanot vingeri hali "rossonerilar" bilan yangi shartnoma imzolamagan, shuning uchun ikkala ingliz klubi ham yozda uning transferini amalga oshirishga harakat qilishi mumkin. Kristian Pulishich 2023 yilda "Chelsi"dan "Milan"ga 20 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Ushbu mavsumda 27 yoshli futbolchi "rossonerilar" safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar