Putin "Evro-2020" uchrashuviga tashrif buyuradimi?
Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan “Evro-2020” o‘yinlariga tashrif buyurishni rejalashtirmagan.
"Hozircha jadvalda futbol bo‘yicha uchrashuvlar yo‘q", - dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Sankt-Peterburgda “Evro-2020”ning yana beshta uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Jumladan, ertaga Rossiya terma jamoasi Finlyandiyaga qarshi o‘ynaydi.
Keyinchalik ushbu shahar Shvetsiya - Slovakiya, Finlyandiya - Belgiya, Shvetsiya - Polsha o‘yinlarini, shuningdek musobaqaning 1 ta chorak final uchrashuviga mezbonlik qiladi.



Fikrlar