Pxyonchxan-2018: Rossiyalik Alina Zagitova figurali uchish bo‘yicha Olimpiada chempioni

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pxyonchxan Olimpiadasida erta tongdan medallar uchun kechgan bahslardan biri ayollar o‘rtasida figurali uchish bellashuvi bo‘ldi. Bugun qizlar erkin dastur bo‘yicha chiqishlarini namoyish qildilar. 

Qisqa dasturda etakchilikni qo‘lga olgan rossiyalik Olimpiadachi atletlar jamoasi vakili 15 yoshli Alina Zagitova erkin dasturda ham chiqishi bilan eng yuqori ballni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Alinaning hamyurti Evgeniya Medvedevaga nasib etgan bo‘lsa, kanadalik Keytlin Osmond kuchli uchlikni yakunlab berdi. 

Figurali uchish, ayollar.

1. Alina Zagitova (Rossiyalik Olimpiadachi atletlar) – 239,57 ball
2. Evgeniya Medvedeva (Rossiyalik Olimpiadachi atletlar) – 238,26
3. Keytlin Osmond (Kanada) – 231,02

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!