Pyotr Yan: "Barchasi Aleksandr Volkanovskiga bog‘liq"
Taniqli MMA ustasi Pyotr Yan Avstraliya vakili Aleksandr Volkanovski va rossiyalik Movsar Evloev oʻrtasidagi chempionlik jangi uchun oʻz prognozlarini bildirdi.
"Biz Aleksandr bilan Tailandda juda koʻp mashq qilganmiz, taxminan besh yil. Agar u yaxshi formada boʻlsa, oʻylaymanki, kamarini himoya qila oladi. Biroq Movsar xilma-xil harakat qilib, Volkanovskini holdan toydirsa, unda ham imkoniyat bor. Hammasi Volkanovskining sport formasi va psixologik yondashuviga bogʻliq. Chunki u hozir qanday holatda ekanini aniq bilmayman. Lekin Aleksandr sogʻlom boʻlsa, uni birgina kurash bilan ushlab turish juda qiyin!" – dedi Yan.
Eslatib oʻtamiz, Volkanovski va Evloev qarama-qarshiligi 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida oʻtkaziladi.

Fikrlar