Qachon muxlislik madaniyatini oshiramiz?
Avval xabar berganimizdek ayni damda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Superliga hakamlari va OAV xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Muloqot davomida nafaqat mamlakatimizning, balki, dunyoning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov yurtimizda muxlislik madaniyatini oshirish zarurligi haqida gapirdi.
"Muxlislarning haqoratli so‘zlarni ishlatishi? Qachon muxlislik madaniyatini oshiramiz? Axir bunday so‘kinishlar bo‘ladigan joyga o‘ziningizning farzandingizni, ahli ayolingizni olib borasizmi? Shaxsan men bunday qilmagan bo‘lar edim", - dedi Ermatov.

Fikrlar