Qani, 100 million sanang!

  • 10.10.2022 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem hozirning o‘zida Evropaning qator grand klublari tomonidan talash bo‘lyapti.

Dortmundliklar yozda 19 yoshli futbolchini ushlab qola olmasligini his qilib turibdi va uning transferidan mo‘may daromad olishni ko‘zlayapti.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, Bundesliga klubi angliyalik futbolchiga 100 million evro miqdorida narx belgiladi. Bellingem dortmundliklarning o‘ziga 25 million evroga tushgan.

Jud Bellingemga “Real”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Manchester Siti” hamda “Manchester Yunayted” kabi katta klublar shartnoma taklif qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!