Qaqshatkich mag‘lubiyatdan keyin Shomurodov va Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi?

  • 14.09.2026 06:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol bo‘yicha statistik ma’lumotlar berib boradigan Flashscore portali «Istanbul Boshakshehir» va «Amedspor» jamoalari o‘rtasidagi Turkiya chempionatining beshinchi tur uchrashuvidan so‘ng futbolchilarga qo‘yilgan baholarni e’lon qildi. 

Liga debutanti maydoniga safar qilgan  «Boshakshehir» ushbu bahsda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi — 0:5.

Jamoa safida to‘p surgan o‘zbekistonlik futbolchilar quyidagi baholarni oldi: Eldor Shomurodov — 5,4, Abbosbek Fayzullaev — 6,1 ball. Ikkalasi ham uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o‘yin davomida almashtirildi. 

Fayzullaev maydonda 62 daqiqa to‘p surdi, shu vaqt ichida darvoza tomon ikki marta zarba yo‘lladi, 18 pasdan 11 tasini aniq yetkazib berdi (aniqlik — 61 foiz). 

Shomurodov esa 82 daqiqa o‘ynadi, bir marta zarba berdi va 19 pasdan 11 tasini manziliga yetkazdi (aniqlik — 58 foiz).

Ikkala jamoa futbolchilari orasida eng yuqori bahoni «Amedspor» hujumchisi Gift Orban oldi — 9,2 ball. Nigeriyalik forvard uchrashuvda dubl qayd etdi, olti marta darvoza tomon zarba yo‘lladi va bir necha xavfli vaziyatlar yaratdi. 

Undan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichni uning jamoadoshi Ermal Krasnichi qayd etdi — 9,0 ball.

Bu g‘alabadan so‘ng «Amedspor» ochkolari sonini o‘ntaga yetkazdi. «Boshakshehir» esa to‘rt ochko bilan qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!