"Qaroqchi" oktagonga qaytish vaqtini ma'lum qildi
UFC o‘rta vazn toifasida ishtirok etayotgan rossiyalik Sharobuddin Magomedov qachon va qaerda jang qilishi haqida gapirdi.
"Qaytishim uchun eng yaxshi vaqt - aprelning oxiri, mayning boshi. Bu men uchun ayni muddao. Endi tashkilot yangi "Paramount" platformasiga o‘tdi va yil boshidagi barcha janglar, asosan, Amerikada bo‘lib o‘tadi. Ular dunyoning qolgan qismiga o‘tganlarida, men jang uchun kerakli joyni tanlayman. Chunki promoushen meni Amerika bozoriga emas, balki arab, Yaqin Sharq, Osiyoga ishlatmoqchi. Ochig‘i, Rossiyada ham turnir o‘tkazilishini kutyapman. Shu yerda, Qizil maydonda so‘zga chiqishni juda-juda istardim. Bu mening orzum. Oq Uyda oktagonga chiqish istagim yo‘q", - dedi Shara Bullet "Meta Fight" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Magomedov 30 dekabr kuni Arman Tsarukyan bilan greppling bahsida durrang natija qayd etdi.
Fikrlar