
Qasilyas Ronalduni Messidan kuchliroq ekanligini aytdi
Madridning “Real” jamoasi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi juftligidan kim kuchliroq ekanligini aytdi.
"Men Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynaganman. Albatta, bu juftlikda eng yaxshisi Ronaldu . Bu erda boshqa savol bo‘lishi mumkin emas", — deya Kasilyasning so‘zlarini "Defens Central" nashri keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli Krishtianu besh karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi, 38 yoshli Lionel esa sakkiz marta ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan. Argentinalik futbolchi milliy jamoasi bilan 2022 yilgi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, portugaliyalik esa Evro–2016 g‘olibi. Chempionlar ligasida Ronaldu besh marta, Messi esa to‘rt marta g‘olib chiqqan.
Fikrlar