
Qatar-2022. Garet Sautgeyt jamoasining 6:2 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng: "Biroz charchadim"
Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Angliya - Eron uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "uch sherlar" bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Ko‘p gol o‘tkazib yuborishimiz meni biroz charchatdi. Albatta yirik hisobdagi g‘alaba va yaxshi o‘ynaganimizdan xursand bo‘lishim kerak. Biz bellashuvga tayyor edik va doim bugungidek harakat qilishni istaymiz.
Juda ko‘p to‘xtalishlarga qaramay shogirdlarim tempni yaxshi ushlay olishdi. Xursandman, ammo bu bosqichda bir uchrashuvda ikkita gol o‘tkazib yubormasligimiz lozim.
AQShga qarshi bellashuvda ham ustunlik namoyish etishimiz kerak. Turnirni yaxshi boshladik, lekin tuzatish lozim bo‘lgan jihatlar yo‘q emas".
Endi "uch sherlar" navbatdagi bahsni 26 oktyabr kuni amerikaliklarga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar