Qatar jahon chempionatini tashkil etishda 2018 yilgi mundialdan 17 baravar ko‘p mablag‘ sarflagan

  • 28 sentabr, 2022, 08:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qatar jahon chempionatini tashkil etish uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi.

"The Sun" nashrining yozishicha, Qatar 208 milliard evroga yaqin mablag‘ sarflagan, bu 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialdagidan 17 barobar ko‘pdir.

Rossiyaning JCh-2018ni tashkil etishdagi xarajatlari qariyb 13 milliard evroni tashkil qilgan.

“Jahon chempionati bilan bog‘liq bo‘lgan 200 milliard dollar (taxminan 208 milliard evro) aslida Qatar uchun milliy rivojlanish va modernizatsiya strategiyasining bir qismidir.

2022 yilda jamoalar va muxlislar foyda ko‘radigan yirik infratuzilma loyihalari, jumladan, yangi yo‘llar, metro, aeroport, mehmonxonalar va boshqa sayyohlik ob’ektlari jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritishimizdan oldin ham rejalashtirilgan edi”, — dedi 2022 yilgi jahon chempionatining aloqa bo‘yicha direktori Fatima Al-Nuaymi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!