
“Qatar Total Open – 2018” yangi rus yulduzi porlamoqda
“Qatar Total Open – 2018” turnirining kashfiyoti bo‘lgan rossiyalik Anna Blinkova ikkinchi davrada frantsiyalik Kristina Mladenovichga qarshi kortga chiqdi.
Ikki set davom etgan uchrashuvda Blinkova tajribali raqibini har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Anna chorak finalga chiqish uchun yana bir frantssuz tennischisi Karolin Garsiyaning sinovidan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz Anna Blinkova faoliyati davomida birinchi marotaba WTA turnirlarida qatorasiga ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi.
Fikrlar