
Qatarda yana bir mashhur mutaxassis ish boshlaydi
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Loran Blan 4 yillik tanaffusdan so‘ng, yana murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda.
Xabarlarga qaraganda, 55 yoshli murabbiy Qatarning “Al-Rayyan” klubini boshqarishga rozi bo‘lgan. Qatarda unga Frank Passi yordam beradi.
55 yoshli Blanning so‘nggi ish joyi PSJ klubi bo‘lgan. U 2016 yil parijliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Ammo klub rahbariyati EChL doirasida “Manchester Siti”ga imkoniyat boy berilgach, uni iste’foga chiqargan.
“Al-Rayyan” Qatar chempionatida ortda qolgan 9 turdan so‘ng 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar