Asosiy mazmunga oʻtish

Qatarni yutib kelgan O‘zbekiston nega bu gal engildi? Katanets qanday murabbiy o‘zi?

Bekzod Isayev
Izohlar: 10

Muhim o‘yinda to‘xtashga majbur bo‘ldik

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi yurishini to‘xtatdi. Chorak finalda Qatar bilan bahsda penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Vaholanki, dastlab o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqqach keyin muvozanatni tiklagan edik. Ammo gol urganimizdan so‘ng tempni oshirib yana oldinga o‘tish o‘rniga himoyaga qaytdik. Buning sababi hozircha noma’lum!

Hozircha deganim be’jiz emas. Tahminimiz bo‘yicha murabbiyning taktikasiga ko‘ra jamoa ehtiyotkorlikka asoslanib ortga chekindi, deb o‘ylagan edik. Biroq matbuot anjumanida janob Katanetsdan nega goldan so‘ng himoyalanishni aytdingiz deya murojaat qilinganda, u men unday ko‘rsatma bermadim. Bu futbolchilarning o‘ziga bog‘liq. O‘sha payt ruhiy holat shuni talab qilgandir, deya javob berdi.

Qiziq tomoni, Avstraliya bilan o‘yinda Jaloliddin Masharipov hisobni tenglashtirgach sheriklarini oldinga chorlagandi. Biroq Srechko Katanets aksincha ular ortga qaytishlarini ko‘rsatdi.

IMG_1974

O‘yindan so‘ng Odil Hamrobekov aytgan gaplari ko‘pchilikni esankiratib qo‘ydi. Uning aytishicha, mashg‘ulotlarda jamoa penaltilarga tayyorgarlik ko‘rmagan ekan. Katanets shogirdlarini uchrashuv davomida yutishni reja qilgan ko‘rinadi. Lekin bellashuv davomida yutishni istagan murabbiy vaqti vaqti bilan hujumchilarni maydonga tushirishi kerak. Boshqalar uchun qanday bilmadimku, lekin men uchun hujumchi maydonga tushib qandaydir vazifani bajarishi emas, balki gol urishi shart. Qolgani bekor. Qolganini boshqa pozitsiya vakillari bajara oladi.

Srechko Katanetsning hujumchisiz o‘ynash taktikasi bir nechta hulosalarni berdi. Birinchisi (eng asosiysi): Hujumni Shomurodovdan boshqasiga ishonmaslik. Ikkinchisi, o‘z bilganidan qolmaslik. Doim o‘zi ishongan futbolchilarni asosiy tarkibga qo‘yaverish. Uchinchisi, tavakkal qilishdan qo‘rqish va keragidan ortiq havotir. Gol urgan vaziyatda kayfiyat yaxshiligida maydonga tushishga tayyor turgan Bobir Abdixoliqovni ikki marta qaytarib yuborishni qanday tushinish mumkinligini Bobirdan so‘rasak, yaxshiroq javob berar balki.

Turnir davomida terma jamoani tanqid qilmaslikka, musobaqada futbolchilar bosimda qolmasligi uchun tiyildik. Lekin endi hammasini taroziga qo‘yadigan payt bo‘lgani uchun ayrimlari haqida gapirmoqdamiz.

Aslini olganda, biz Hindiston va Tailanddan boshqa jamoani yutmadik. Avstraliyaga tarixiy gol urdik xolos…

IMG_1961

Ko‘p hollarda vingerlarimiz qanotdan yurish qilib, jarima maydoniga to‘pni uzatishga kelganda buni amalga oshira olmadi. Chunki aksariyat hollarda jarima maydoni ichida to‘pni qabul qiladigan hujumchimiz yo‘q edi. To‘g‘ri, bosh bilan gollar urdik. Lekin futboldagi asosiy qurollardan biri sanalgan qanotdan uzatmalardan voz kechishga majbur bo‘ldik.

Ayrimlar aytishi mumkin, Shahboz Umarov maydonga tushib, yo‘qolib qoldi, deb. Lekin bunga murabbiy aybdor. Nega? Sababi Hindiston bilan bellashuvda gollar urib olganimizdan so‘ng hujumchilarni maydonga tushirib, ularga o‘yin amaliyoti va musobaqa taftini his qilishga imkon berilmadi. Agarda Qatar bilan uchrashuvda Bobir ham tushib Umarovdagi kabi zarba bilan gol ura olmaganida murabbiy o‘zining haqligini aytgan bo‘lardi. Aslida qiyin bahslarda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchidan birdaniga gol kutib bo‘lmasligini hamma yaxshi biladi.

IMG_20240204_134421_591

Bir so‘z bilan aytganda, hujumchisiz o‘ynash ayrim jamoalar bilan uchrashuvda ish berishi mumkin. Kuchlilarga qarshi bahslarda buning aksi.

IMG_20240204_134305_265

Gapirsa gap ko‘p. Qolganini ko‘rsatuvlar mobaynida ko‘proq tahlil qilishga harakat qilamiz. Hali bu haqda ko‘p va ho‘p gaplashamiz. Ungacha esa Osiyo kubogida Iordaniya kabi biz ham yarim finalda o‘ynashimiz mumkin edi, degan hayol bilan uchrashuvlarni kuzatamiz.

Ha aytgancha, matbuot anjumanlarining birida Katanets biz Braziliya yoki boshqa kuchli terma jamoa emasligimizni, futbol jamoatchiligi pastga tushishi kerakligini aytgandi. Shu o‘rinda murabbiyga eslatma: biz shu paytgacha Tailanddan qo‘rqib o‘ynamaganmiz (mag‘lubiyatlarimiz doim o‘rtoqlik o‘yinlarida bo‘lgan), Qatarni yutib kelganmiz, jahon chempionati saralashida ham, o‘z uyidagi Osiyo kubogi ochilish o‘yinida ham. Buni hech kim bilmasa ham qatarliklar yaxshi biladi.

Bekzod ISAEV

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q