Qatorasiga to'rtinchisi! Shomurodov chempionga ham gol urdi
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionati Superligasidagi to‘rtinchi tur uchrashuvida «Galatasaray» darvozasini ishg‘ol etib, golli seriyasini to‘rt o‘yingacha yetkazdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Uchrashuv Istanbuldagi «Bashakshehir Fatih Terim» stadionida o‘tmoqda. Shomurodov «Istanbul Bashakshehir» safida maydonga asosiy tarkibda tushdi va 66-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Shu tariqa, Eldor Shomurodov joriy mavsumda Turkiya chempionatida «Bashakshehir» tarkibida o‘tkazilgan dastlabki to‘rt o‘yning barchasida gol urdi. Birinchi turda u «Kodjaelispоr» darvozasini ishg‘ol etgan, ikkinchi turda penaltidan «Trabzonspor»ga gol urgan, uchinchi turda esa «Kasimpasha»ga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga navbatdagi golni yozib qo‘ygan edi.

Fikrlar