"Qayrat" murabbiyi "Real"dan uchralgan yirik mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?

  • 1 oktabr, 02:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qayrat" jamoasi bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin "Real"dan uchralgan yirik mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. 
 
"Bu haqida nima ham deymiz. Biz turli darajalardagi jamoalarmiz, buni tan olishimiz kerak. Bunday raqib bilan o‘yinda katta tajriba orttirib oldik. Albatta, yutqazish har doim har qanday jamoaga alam qiladi. Lekin biz buni qabul qilishimiz lozim. Bizning darajamizdan kelib chiqsak, bugun yaxshi harakat qildik, ba’zi daqiqalarda maydonda to‘liq ustunlik ham qildik. Ehtimol, bitta gol urishga arzigulik o‘yin o‘tkazdik ammo vaziyatlarni oxirigacha etkaza olmadik. 
 
Jamoadagi hamma futbolchilarga bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarga ham katta rahmat. Bizga qur’ada "Real" tushgani bir tarafdan yaxshi bo‘ldi. Chunki Qozog‘istonga bunday jamoalarni qanchalik ko‘p olib kelsak, butun mamlakat uchun foyda bo‘ladi. Klub va futbolchilar ham o‘sadi. 
 
O‘yinchinlarga startni faolroq boshlashi kerakligi haqida ogohlantirgan edik. Birinchi daqiqalardayoq gol urishimiz mumkin edi. Bunday kuchli raqibga qarshi yuqori tempda o‘ynash juda qiyin. Bizning chempionatda bunaqa tezlik yo‘q. Uchrashuvda kuchimiz etgancha harakat qildik. Faol ravishda bosim o‘tkaza oldik deb o‘ylayman. Biz standart vaziyatlardan gol kiritishni xohlagan edik. Ammo bu bizga nasib etmadi",
- dedi "Qayrat" jamoasi bosh murabbiyi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!