Klub qaysar rekordchidan qoz kechdi
“Borussiya”ning iste’dodli hujumkor futbolchisi Yussuf Mukoko yozda jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
17 yoshli o‘yinchi klub bilan yangi bitim tuzishdan bosh tortgani uchun dortmundliklar uni sotib yuborishga qaror qildi. Chunki Mukokoning amaldagi kelishuvi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Mukoko Chempionlar ligasining eng yosh ishtirokichisi hisoblanadi. U qit’aning eng nufuzli turnirida 16 yoshu 18 kunligida debyut qilgan.
Yussuf joriy mavsumda 23 ta uchrashuvda qatnashib, ikkitadan gol va assist qayd etdi.

Fikrlar