Qilichbozlik. Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz ma'lum
18-24 iyun kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning eng kuchli qilichbozlari jam bo‘ladigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi. Sportchilarimiz quyidagi tarkibda qit’a birinchiligida qatnashishadi:
Sablya, erkaklar: Musa Aymuratov, Islombek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Alpomish O‘roqboev.
Ayollar: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibaeva, Fernanda Errera, Ayakoz Jumamuratova, Samira Shokirova.
Rapira, erkaklar: Radmir Semeneev, Ulug‘bek Usmanov, Ilyas Molina, Danil Kravsov.
Ayollar: Polina Volobuyeva.
Shpaga, erkaklar: Meyrkhan Temurov, Javohir Nurmatov, Ahmad Fayziev, Vadim Anokhin.
Ayollar: Dilnaz Murzataeva, Malika Hakimova, Shahzoda Egamberdieva, Sevara Rahimova.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar