Qimmatbaho oʻyinchining faqat bitta xaridori qoldi

  • 15.07.2026 09:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» va «Liverpul» rahbariyati «Kristal Pэlas» yarim himoyachisi Adam Uortonga bo‘lgan qiziqishini sovutdi va transfer harakatlarini to‘xtatdi. 

Bunga «Kristal Pэlas»ning 22 yoshli futbolchi uchun talab qilayotgan narxi – 116 million funt sterling (taxriban 135 million yevro) asosiy sabab bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Bu haqida Caught Offside nashri ma’lumot berdi.

Manbaga ko‘ra, Uortonga nisbatan qiziqishni hozircha «Chelsi» saqlab qolgan. London klubi futbolchi vakillari bilan aloqani uzmagan, transfer shartlarini o‘rganishda davom etmoqda. Shu bilan birga, joriy transfer bozoridagi vaziyat va yarim himoyachining yuqori bahosi uni katta klubga o‘tishini ancha qiyinlashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda Uorton barcha musobaqalar hisobga olinganda 53 o‘yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va yetti golli uzatma amalga oshirdi. 

Uning «Kristal Pэlas» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevro atrofida baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!