Qirol chorak finalda o‘ynaydi
Zohir2018
Novak yana g‘alaba qozondi
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Shanxay shahrida o‘tayotgan musobaqaning yakkalik bahslarida chorak finalga yo‘l oldi.
Novak uchinchi davrada amerikalik Jon Isnerga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 7:5, 6:3 hisobida g‘alabani ilib ketdi.
Endi "Rolex Shanghai Masters"ning chorak finalida Jokovichga polshalik Xubert Gurkach, yoki gretsiyalik Stefanos Tsitsipas qarshilik ko‘rsatadi.

Izohlar (0)