Qirq yoshli Jeko mashhur klubda o‘ynaydi
40 yoshli hujumchi Edin Jeko «Shalke-04» klubi bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqida insayder jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tajribali forvard «Shalke-04» bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, Bosniya terma jamoasi sobiq yetakchisi A Seriya va MLS klublaridan tushgan takliflarni rad etgan. Shuningdek, Germaniyaning boshqa jamoalari ham unga qiziqish bildirgan.
Edin Jeko futbol sirlarini Bosniyaning «Zhelezničar» klubi tarbiyalanuvchisi sifatida o‘zlashtirgan. Katta futbolda u «Volfsburg», «Manchester Siti», «Roma», «Inter», «Fiorentina» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. «Shalke» safiga esa u 2026 yil yanvar oyida qo‘shilgan edi.

Fikrlar