Qishda "Real"ni ikki nafar futbolchi tark etishi mumkin

  • 08.12.2025 16:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" himoyachisi Ferlan Medni va yarim himoyachi Braim Dias qishda klubni tark etishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar bermoqda. 

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, madridliklar Mendini jamoaga keraksiz deb hisoblamoqda va uni qishda qo‘yib yuborishga xam tayyor. Ferlanga hozirda "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda.  

Braim Dias esa Saudiya Arabistonining bir nechta klublari sotib olishga harakat qilmoqda. Qayd etilishicha, xavbek Xavi Alonsoning taktik loyihasiga to‘g‘ri kelmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" kecha La Liganing 16-turida "Selta"ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Alonso shogirdlari 36 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda ketmoqda. 1-pog‘onani esa 40 ochko bilan Kataloniyaning "Barselona" klubi egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!