Fiyin tanlov: Mbappe yoki Xoland?

  • 08.05.2022 15:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” himoyachisi Jerar Pike ikki yosh hujumchi – Kilian Mbappe va Erling Xolandni bir-biriga taqqosladi.

- O‘ylashimcha, ular hozirgi vaqtning eng zo‘r hujumchilari safiga kiradi. Ular hali yosh va kelajakda “Oltin to‘p” olish salohiyatiga ega. Xoland ko‘p gol urishga qodir kuchli va yaqqol forvard hisoblanadi.

Mbappe ko‘p qirrali o‘yinchi, hujum markazi va qanotlarda ham samarali harakat qila oladi.

Ikkalasi ham zo‘r. Menda Xolandga qarshi o‘ynash imkoni bo‘lmagan. Mbappega qarshi to‘p tepganman. Ikkisidan birini tanlash qiyin, - dedi Jerar Pike.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!