"Qizil iblislar"da "B" reja bor

  • 5 oktabr, 2021, 16:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Inter" yarim himoyachisi Martselo Brozovichni sotib olishni rejalashtiryapti. Bu haqda "Calcio Mercato nashri xabar bermoqda. 

Manbaning ma’lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi Pol Pogba jamoani tark etishi mumkinligi sababli, "qizil iblislar" e’tiboriga tushgan. 

Shuningdek, Donni Van de Bek ham boshqa jamoaga o‘tishni istayapti. MYu Brozovichni ehtimoliy yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish uchun olib kelmoqchi. 

Xorvatiyalik futbolchini "transfermarkt" portali ayni damda 40 million evroga baholamoqda.   

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!