Qizil olgan Xausen muxlislardan uzr so‘radi

  • 6 iyul, 15:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" markaziy himoyachisi Din Xausen Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/4 finalidan o‘rin olgan "Borussiya Dortmund"ga (3:2) qarshi o‘yinda qizil kartochka olgach, muxlislarga murojaat qildi. Ispaniyalik futbolchi uchrashuvning 90+6-daqiqasida maydondan chetlatildi.

Tecno

"Bugun butun jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Maydondan chetlatilganim va keyingi o‘yinda jamoaga yordam bera olmasligim uchun uzr so‘rayman. Olg‘a, Madrid," - deb yozdi Xausen ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Diskvalifikatsiya tufayli himoyachi 9 iyul kuni PSJga qarshi bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida ishtirok eta olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!