"Qizilqum" futbolchilari xayrli ishga qo‘l urishdi

  • 24 mart, 2020, 01:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” PFK rahbariyati tashabbusi bilan xayrli tashabbusga qo‘l urildi. Bugun kun davomida klub vakillari Navoiy shahridagi Mehribonlik uylari, bozorlar, odam gavjum joylarda bo‘lishib bepul niqob tarqatishdi.

Tecno

-Klub rahbariyati tashabbusi bilan ushbu xayrli ishga qo‘l urdik, -deydi klub tijorat direktori Xurshidjon Shavkatov. – Qo‘qon shahridagi “Beton Plita” mas’uliyati cheklangan jamiyati 10 ming dona tibbiy niqob tikib berish uchun shartnoma tuzgandik. Jamiyat a’zolari ushbu xayrli ishimizga kamarbasta bo‘lishdi. Bizga qisqa muddat ichida sifatli niqoblar tikib, etkazildi.
Bugun klubimizning jonkuyar xodimlari viloyat markazida tibbiy niqoblarni ehtiyojmand insonlarga bepul tarqatishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!