
"Qizilqum" Qo‘qondan bir ochko bilan qaytdi
O‘zbekiston chempionati 2-turida "Qo‘qon 1912" klubi "Qizilqum" bilan kuch sinashdi va jamoalar jangovar durangga imzo chekdi.
Uchrashuv hujumlarga boy bo‘ldi, biroq Ignatiy Nesterov va Muzaffar Abdullaev bugun o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qoldi. Ushbu durangdan so‘ng, ikkala klub ham 4 ochko bilan turnir jadvalida 3 va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar