“Qizilqum” ukrinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Aleksiy Shchebetun — «Qizilqum» futbolchisi! Bu haqida klub rasmiy sahifasida e’lon qildi.
“Qishgi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini davom ettirayotgan Akmal Rustamov qoʻl ostidagi «Qizilqum» jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi. Moldoviya, Belarussiya, Ukraina hamda Qozogʻiston jamoalarida toʻp tepgan mahoratli hujumchi Oleksiy Shchebetun yangi mavsumda «Qizilqum» sharafini himoya qiladi. Ukrinalik futbolchi klubimiz rahbariyati bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Toʻp tepgan jamoalari: «Zimbru» (Moldoviya), «Qizil-Jar» (Qozogʻiston), «Metallurg» (Ukraina), «Avangard» (Ukraina), «Dinamo Kiev» (Ukraina)”, - deyiladi navoiliklar bergan xabarda.

Fikrlar