"Qizilqum" viloyat futbol maktabi bilan hisob-kitob qildi va transfer taqiqidan qutuldi

  • 25 dekabr, 2024, 14:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq 7 ta klub O‘FA qoshidagi futbol maktablari yoki akademiyalari bilan hisob-kitob qilmagani uchun ularga nisbatan transfer taqiqi qo‘yilishi mumkinligi e’lon qilingandi. 

Tecno

O‘FA o‘z viloyatidagi futbol klublari bilan shartnoma imzolagan "Buxoro", "Qizilqum", "Neftchi", shuningdek, o‘z viloyati akademiyalari bilan hamkorlik qilgan "So‘g‘diyona", "Dinamo", "Navbahor" va "Aral" klublariga 24 dekabr sanasiga qadar vaqt bergandi. Shartnomaviy majburiyatlar mana shu muddat ichida bajarilmagach, assosiatsiya 6 ta klubga nisbatan transfer taqiqi qo‘llash masalasini O‘FA tegishli qo‘mitasiga kiritdi.  

Yuqorida nomlari qayd etilgan klublar orasidan faqatgina "Qizilqum" belgilangan muddat ichida o‘z majburiyatlarini bajarishga erishdi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!