
"Qizilqum"ni "Metallurg" ham sindira olmadi (video)
Bugun Coca Cola Superligasining 11-turida “Metallurg” va “Qizilqum” jamoalari o‘zaro bellashdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvi 1:2 hisobida navoiyliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 7-daqiqada Oybek Qilichev (0:1) gol urib “Qizilqum”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 15-daqiqada Alisher Sanoev tablodagi hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Nihoyat, 90+4 daqiqada Ixtiyor Toshpo‘latov bekobodliklarning yagona javob goliga mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar