"Qizilqum"ning "Andijon"ga qarshi statistikasi qanday?

  • 03.03.2026 23:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon”ni Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi o‘yin kutib turganini yaxshi bilasiz. 

O‘tgan yili birinchi davrada “Bobur arena”da bo‘lib o‘tgan uchrashuva 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Navoiydagi bahsda mezbonlar 2:1 hisobida ustun kelgan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasiга kelsak, hozirga qadar chempionat doirasida 42 ta bahs o‘tkazilgan. “Qizilqum”da 19, “Andijon”da 14 g‘alaba bor. 9 uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 65:54 navoiyliklar foydasiga.

“Andijon” chempionatda so‘nggi bor “Qizilqum” maydonida 2012 yili g‘alaba qo‘zongan. O‘shanda 1:2 natijasi qayd etilgan. Bu hozircha “Andijon”ning safardagi yagona g‘alabasi bo‘lib turibdi. Lekin ikki yil muqaddam Kubok doirasida “Andijon” Qarshida “Qizilqum” darvozasiga javobsiz uchta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” - “Andijon” qarama-qarshiligi 4 mart kuni soat “Yoshlar” sport majmuasi stadionida soat 19:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!