Qizning o‘limida faqatgina Frensis Ngannu aybdor emas, yangi tafsilotlar ma’lum bo‘lmoqda
2025 yil aprel oyi oxirida og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu mototsiklda urib ketgan 17 yoshli Ntsamu Bridjitning o‘limi haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Yaunde Oliy sudi qizning o‘limida nafaqat Ngannu, balki shifokorlar ham aybdor ekanligi haqida ochiqchasiga rasmiy press-reliz e’lon qildi.
"Ntsamu Manuella xonimni shifoxonada parvarishlash vaqtida jiddiy tibbiy xatolik yuz bergan, ya’ni anestezikaning haddan tashqari dozasi yuborilgani uning o‘limiga bevosita sabab bo‘lgan. Biz shifoxona va tibbiyot xodimlaridan rostgo‘y bo‘lishni talab qilamiz" - deyiladi bayonotda.



Fikrlar