
"Qo‘qon-1912" 4 yanvardan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi
"Qo‘qon-1912" jamoasi 4 yanvardan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Ilk yig‘in Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘in davomida jamoaning asosiy tarkibidan tashqari bir qator mahalliy futbolchilar ko‘rikdan o‘tishadi. 11-18 yanvar kunlari esa mavsum oldi mashg‘ulotlari Toshkent shahriga ko‘chadi. Ushbu yig‘in davomida tarkibga bir qator tajribali va mahoratli futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Yig‘in davomida bir nechta nazorat uchrashuvlari tashkil etiladi. Bu haqda klub matbuoti xabar bermoqda
“Qo‘qon-1912” jamoasi yanvar oyining ikkinchi qismida Tojikistonda yig‘in o‘tkazish rejalashtirilgan.
Fikrlar