"Qo‘qon-1912" ikki nafar legioneri bilan xayrlashdi
“Qo‘qon-1912” matbuot xizmatining xabar berishicha, klubning ikki nafar serbiyalik legionerlari - Ivan Yosovich hamda Filip Rayevats jamoa lagerini tark etdi.
Superliganing 24-turidagi “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda tajribali himoyachi Ivan Yosovich boshidan jiddiy jarohat olgandi. Shifokorlarning xulosalariga ko‘ra, serbiyalik futbolchi uchun bu yilgi mavsum yakunlandi.
Shuningdek, hujumchi Filip Rayevatsning “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga etganligi bois, “shunqorlar” har ikkala futbolchi bilan do‘stona tarzda xayrlashdi.
Bugun tunda serbiyalik legionerlar Toshkent-Istanbul-Belgrad yo‘nalishi bo‘yicha o‘z vataniga uchib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Rayevats qo‘qonliklar tarkibida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Yosovich esa, 22 ta bellashuvda 1 ta gol va 1 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar