"Qo‘qon-1912" jamoasi koronavirusga test topshirdi
Xabaringiz bor, yurtimizdagi epideomilogik vaziyat kundan kunga jiddiylashib bormoqda. O‘zbekiston professional futbol ligasi Superliganing 10-tur uchrashuvlarini 1 hafta muddatga orqaga surdi. Barcha jamoalar avval koronavirusga qarshi test topshiradilar so‘ngra, mashg‘ulotlar va futbol uchrashuvlariga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.
Bugun Qo‘qon shahar SES shifokorlari tomonidan "Qo‘qon-1912" jamoasining barcha a’zolari testdan o‘tkazildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Jamoaning murabbiylar shtabi, rahbariyat, asosiy va o‘rinbosarlar tarkibining barcha futbolchilari koronavirusga test topshirdi. Test natijalari chiqqach, unga qarab jamoa yana mashg‘ulotlarga kirishadi. Hozircha jamoa a’zolari Qo‘qon shahridagi qarorgohlarida karantin qoidalariga amal qilgan holda yashamoqda. Shifokorlarning ta’kidlashicha, natijalar 1 yoki 2 kun muddatda aniq bo‘ladi.

Fikrlar