"Qo‘qon-1912" legioner futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi

  • 21.04.2025 19:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Chempionat boshlanishiga yaqin "Qo‘qon-1912" safiga qo‘shilgan legioner futbolchining yurtimizdagi hayoti uzoqqa cho‘zilmadi.

Gap shundaki, mavsum boshida kot-dʻIvuarlik hujumchi Amed Kobena bilan shartnoma imzolangandi. 

Futbolchi jamoaning ilk mashg‘ulotida jarohat oldi va bu jarohat uning keyingi faoliyatiga ta’sir qildi. Shu sababli ikki tomon kelishgan holda o‘rtadagi shartnomani bekor qildi.

Bu xususida O‘zPFL va klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!