"Qo‘qon-1912" "Mash’al" himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

  • 14 dekabr, 2023, 14:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga vakili – “Qo‘qon-1912” klubi yangi mavsum uchun ilk transferini amalga oshirdi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati shunday xabar qiladi:

Tecno

«Qo‘qon-1912» jamoasi kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishni davom ettirmoqda. Jamoamiz bugun mahoratli va iqtidorli o‘n qanot himoyachisi Zafarbek Akramov bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Zafarbekka jamoamizning a’zosi bo‘lgani bilan tabriklab qolamiz va unga «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini tilab qolamiz.

Zafarbek Akramov

Tug‘ilgan sanasi: 05.02.1999

Ampluasi: O‘ng qanot himoyachisi

akramov

O‘tgan mavsum «Mash’al» safida barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 3 ta golga assist qayd etgan”, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!