"Qo‘qon-1912" navbatdagi transferni amalga oshirdi (foto)
«Qo‘qon-1912» jamoasi kelasi yil Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
“Qo‘qon-1912” «Mash’al» safida ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan futbolchi Ibrohim No‘’monov bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv bir yilga mo‘ljallangan. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ibrohim No‘monov
Tug‘ilgan sanasi: 24.07.1996
Ampulasi: Yarim himoyachi

Ma’lumot uchun, Ibrohim No‘monov o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golga sheriklariga assist qayd etdi.

Fikrlar