“Qo‘qon-1912” “Neftchi” futbolchisini va “Beshiktosh” tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
“Qo‘qon-912” jamoasi Alper O‘zdemir va Muhammadziyо Adhamjonov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
Yangi mavsum oldidan jamoamiz nafaqat tajribali futbolchilar, balki yosh va iqtidorli futbolchilar bilan ham shartnomalar imzolamoqda. Turkiyaning "Beshiktosh" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi va o‘tgan mavsum "Sivasspor" yoshlar safida harakat qilgan Alper O‘zdemir va 2025-yilgi mavsumda "Neftchi" bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan Muhammadziyо Adhamjonov bilan shartnoma imzoladik.
Ma'lumot uchun, O‘zdemir 2005 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Markaziy himoya va tayanч yarim himoyada harakat qila oladi. Muhammadziyо esa 2004 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan va u himoyaning istalgan qismida harakat qiladi.
.jpg)

Fikrlar