“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvi Navoiyga ko‘chirildi

 

Joriy yil 8 mart kuni soat 20:00 da Superliga 2-tur o‘yinlari doirasida “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” o‘rtasidagi uchrashuv Qo‘qon shahridagi "Markaziy" stadionda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi.  

Yangi mavsum oldidan “Qo‘qon-1912” stadioni O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining amaliy ko‘magi bilan to‘liq ta’mirlandi.  Lekin stadion maydonining chimi fevral oyida ob-havoning sovuq kelganligi sababli etarli darajada o‘sib etilmadi. 

Shu sababdan "Qo‘qon-1912" jamoasi O‘zbekiston Professional Futbol Ligasiga mazkur uchrashuvni “Qizilqum” futbol klubining stadionida o‘tkazilishiga ruxsat berilishini so‘rab murojaat qildi.  PFL ushbu murojaatni qondirdi va 2-tur doirasidagi uchrashuv Navoiy shahriga ko‘chirildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!