"Qo‘qon-1912" to‘purari: "Uzr so‘rayman, afsuski, ishonchni oqlolmadik"

  • 06.12.2023 12:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol

Superligaga o‘tish o‘yinida “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Qizilqum”ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Garchi mezbonlar muxlislari qarshisida xarchand urinmasin baribir o‘z maqsadiga erisha olmadi.

Pro liga to‘purariga aylangan qo‘qonliklar hujumchisi Anvar Hojimirzaevdan ham shu kuni omad yuz o‘girdi. O‘yindan keyin ushbu o‘yinchi ayrim savollarga javob qaytardi.

- Anvarjon, "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvda jamoangiz imkoniyatni boy berdi va Superligaga qaytish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Mag‘lubiyatga nima sabab deb o‘ylaysiz?

- Avvalambor, “Qo‘qon-1912” jamoasi muxlislari va rahbariyatidan uzr so‘rayman. Afsuski, bizga bo‘lgan ishonchni oqlolmadik. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat hamisha yonma-yon. Bu safar “Qizilqum” jamoasiga omad kulib boqdi. Xushyorlikni yo‘qotdik. Kichkina xatolar evaziga jazolandik, shunaqa bo‘lishi kerak ekan.

- Nima deb o‘ylaysiz, maydonda baribir pro liga bilan Superliga darajasi bilinib qoldimi?

- Jamoamiz hech bir tarafdan “Qizilqum”dan qolishmadi. O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi.

anvar5_2

- Raqib siz kutgandek o‘ynadimi yoki...

- To‘g‘ri, biz qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik. Lekin tezkor gol va kutilmaganda ikkinchi gol bizning ishimizni qiyinlashtirdi.

- Pro liga to‘purari sifatida muxlislar sizdan pley-offda ham gollar kutishgani tabiiy. Superliga jamoasiga qarshi bahsda gol urish qiyin bo‘lgani aniq, shundaymi?

- To‘g‘ri, gol urishimni o‘zim ham xohlagan edim. Ammo nasib qilmadi. Qiyin uchrashuvlarda gol urish ham qiyinlashaveradi.

- Klub bilan tuzgan shartnomangiz tugayaptimi? Pro ligada o‘z imkoniyatingizni ko‘rsata oldingiz va yangi mavsum uchun rejangiz qanday?

- Shartnomam tugagan, yangi mavsum haqida hali o‘ylab ko‘rganimcha yo‘q. Bor e’tiborim, ushbu o‘yinga qaratilgandi, ko‘ramiz, nasib qilgani bo‘ladi.

anvar4_1

- Sir bo‘lmasa, Superligani qaysi klublaridan takliflar bo‘lyapti?

- Takliflar yo‘q emas, bor. Aniq bo‘lsa, keyin aytganim ma’qul.

- Shuningdek, sizga chetdan ham qiziqishlar bo‘layotgani rostmi?

- Ha, rost qiziqishlar bor. Ko‘ramiz, nasib qilganida.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bolelshik
06/12/2023 22:27
Qizilqum kuchli jamoa edi, shunga u yutdi
&
Bolelshik
06/12/2023 22:27
Qizilqum kuchli jamoa, shunga u yutdi