"Qo‘qon-1912" Toshkentda navbatdagi yig‘inni boshladi
Yangi futbol mavsumiga jiddiy tarzda tayyorgarlik olib borayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi qisqa muddatli ta’tildan so‘ng, bugun Toshkent shahrida o‘z mashg‘ulotlarini boshladi.
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishlab chiqqan rejaga ko‘ra, yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichma-bosqich davom etmoqda. Navbatdagi Toshkent yig‘ini 19 fevralga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan. Yig‘in davomida uchta nazorat o‘yini o‘tkazish reja qilingan.
Tarkibga yana yangi futbolchilar ham qo‘shilishi mumkin. Yig‘in jarayoniga taklif qilingan futbolchilar haqida keyingi xabarlarimizda batafsil ma’lumot beramiz. Mashg‘ulotlar Toshkentdagi "To‘qimachi" stadionida olib boriladi.

Fikrlar