"Qo‘qon-1912" Toshkentda yig‘in boshladi. "Xorazm" va OKMKga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bor

  • 11.01.2025 09:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superligada munosib qatnashish uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi yangi mavsumoldi ilk yig‘inini Qo‘qon shahrida o‘tkazdi. 

Bugundan Toshkent shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik davom ettiriladi. Bir haftalik yig‘in davomida Bahrom Haydarov shogirdlari bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Shuningdek, ushbu yig‘inga bir nechta tajribali futbolchilar kelib, qo‘shilishi kutilmoqda.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

12 yanvar: "Xorazm" - "Qo‘qon-1912"
15 yanvar: OKMK - "Qo‘qon-1912"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!