
"Qo‘qon-1912" va "Mash’al" o‘rtasidagi pley-off o‘yini qaerda o‘tkazilishi ma’lum
Superliga yo‘llanmasi uchun harakat qilayotgan "Mash’al" bir necha daqiqa avval Qashqadaryoning boshqa bir klubi "Sho‘rtan" ustidan zafar quchib, pley-offning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi. Shu tariqa "Sho‘rtan" 2024 yilgi mavsumni ham Proligada o‘tkazadigan bo‘ldi.
Endilikda "Mash’al" navbatdagi bosqichda mavsumni kuchli uchlikda yakunlagan "Qo‘qon-1912" klubiga qarshi kurash olib borishi kerak. Mazkur bellashuv 22 noyabr — chorshanba kuni Olmaliq shahridagi OKMK stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 15:00da start oladi.
Fikrlar