"Qo‘qon-1912" yana ikki nafar futbolchi bilan xayrlashdi

  • 12.08.2020 07:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Ayni kunlarda yurtimiz futbolida transfer oynasi ochilgan. Superliga klublarining tarkiblarida keldi-ketdilar kuzatilmoqda. “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati esa klubdagi oxirgi o‘zgarishlar haqida xabar berdi.

“Qo‘qon-1912” jamoasiga “Andijon”dan darvozabon Islom Abdullaev qaytarildi. Shuningdek, hujumchi Otabek Haydarov Yaypanning “Turon” jamoasiga o‘tganidan ham muxlislarning xabarlari bor.

Bundan tashqari, “shunqorlar” tarkibini yana ikki nafar futbolchi tark etdi. Chempionat boshida jamoaga kelib qo‘shilgan iqtidorli yarim himoyachi Suhrob Nurulloevning xizmatlariga Samarqandning “Dinamo” jamoasi jiddiy qiziqish bildirganligi sababli futbolchi mavsumning qolgan qismini Sergey Lushchan boshchilik qilayotgan klubda davom ettiradigan bo‘ldi.

Qolaversa, Farg‘onaning “Neftchi” jamoasidan ijaraga olingan yosh himoyachi Shodiyor Hojimatov yana “Neftchi”ga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!