"Qo‘qon-1912" yana uch nafar futbolchi bilan yangi shartnoma imzoladi

E’tibor berayotgan bo‘lsangiz so‘nggi kunlarda "Qo‘qon-1912" jamoasi rahbariyati jamoa a’zolari bilan rasmiy shartnomalarni imzolayotanligi haqida ko‘plab xabarlar e’lon qilindi.

Bunday xabarlar davom etadi. "Shunqorlar" o‘tgan mavsumda jamoaning g‘alabalariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan hujumchi Mo‘min Meliev, darvozabon Muzaffar Abdullaev hamda yarim himoyachi Sardor Azimovlar bilan kelishuv muddatini uzaytirdi.

Har uchchala futbolchilar 2022-yilgi futbol mavsumini ham Qo‘qonda o‘tkazadi.

Manba: "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!