“Qo‘qon-1912”ning serbiyalik futbolchilari o‘z yurtlariga jo‘nab ketishdi
Mavsumni ikkinchi yarmini “Qo‘qon-1912”da o‘tkazgan serbiyalik futbolchilar Nikola Valentich hamda Darko Gojkovich qo‘qonliklar bilan shartnomalari o‘z yakuniga etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bu ikki futbolchiga “Olmaliq”qa qarshi bo‘lib o‘tgan Oliy Liganing so‘nggi uchrashuvidan so‘ng o‘z yurtlariga ketishlari uchun ruxsat berildi.
Bugun erta tongda Darko Gojkovich va Nikola Valentich Toshkent-Moskva-Belgrad yo‘nalishi bo‘yicha o‘z yurtlariga uchib ketishdi. Bu futbolchilarning keyingi mavsumda ham Qo‘qonda to‘p tepish masalasi yangi yil bayramidan so‘ng hal bo‘ladi.

Fikrlar