Qozog‘iston bosh murabbiyi: "Ertaga yigitlar pul uchun emas mamlakat gerbi uchun maydonga tushadi"

  • 15 noyabr, 2022, 12:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Magomed Adiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Qozog‘iston va O‘zbekiston qardosh halqlar hisoblanadi. Qaysidir ma’noda bizni "qardoshlar derbisi" kutyapti. Bahs boshlanganda hamma do‘stona aloqalar esdan chiqadi, chunki maydonda professional futbolchilar o‘ynaydi. Ertaga barcha qurollarimizni ishga solamiz.

Biz raqibimizni hurmat qilamiz. Ertaga o‘z imkoniyatimizni namoyish etishni niyat qilganmiz. hisob qanday ko‘rinish olishini bilmayman. Bu - futbol. Lekin ajoyib o‘yin bo‘lishiga ishonamiz.

– Aytganingizdek, bu derbi. Ertangi g‘alaba siz uchun printsipial ahamiyatga egami?  

G‘alaba qozonish har doim muhim. Biz aynan shuning uchun murabbiy bo‘lamiz.  Men buni yigitlarga ham aytdim. Bu uchrashuvda maksimal harakat qilish kerak.  

– Qozog‘iston terma jamoasini tarkibini e’lon qilganingizdan keyin muxlis va mutaxassislar tomonidan tanqidlarga uchradingiz. Ammo guruhdan chiqish masalasini hal qildingiz. Qozog‘istonning Millatlar Ligasidagi ishtiroki haqida nima deysiz?

Umuman olganda e’tirozilar va tanqidlar bo‘lishi tabiiy. Ayniqsa, kimnidir chaqirib yoki chaqirmaganingizda shunday bo‘lishi aniq. Bunga munosabat bildirmayman, aksincha, xursand bo‘laman. Jamoamni muhokama qilishlari yoqimli. Agar ishimdan hamma mamnun bo‘lsa, demak qaerdadir xato qilyapman. Meni eng ko‘p tanqid qiladigan bu o‘zim. Qaysidir futbolchini chaqirmaslik, boshqalarga imkoniyat berish degani. Eng qiyini o‘zimni ishontirish, buni uddalasam, boshqalarni ham haqiqatimga ishontira olaman. Terma jamoaning ishtirokiga keladigan bo‘lsak, o‘rtacha mavsum o‘tkazdik. Biz allaqachon bu g‘alabani unutganmiz. Oldinda bizni bundan-da kattaroq bahslar kutib turibi. Ularni munosib o‘tkazishimiz lozim.

– O‘zbekistonga qarshi o‘yinda Qozog‘iston futbolchilariga mukofot puli va’da qilingan ekan. Bu boshqa bahslarda ham qo‘yilganmi yoki faqat bizga qarshimi?

– To‘g‘risini aytsam, bu haqda bilmayman. Bizda har bir o‘yinga mukofot puli berib kelinadi. Ishoning, rasmiy musobaqa hisoblangan Millatlar ligasi va o‘rtoqlik uchrashuvidagi mukofot puli keskin farq qiladi. Ertaga yigitlar pul uchun emas, mamlakat gerbi uchun maydonga tushadi. Biz uchun qayg‘uradigan ishqibozlarimiz uchun maydonda to‘p suramiz. 

– Ertangi o‘yin oldidan raqibni yaxshi o‘rgangansiz. Agar O‘zbeksiston UEFAda bo‘lganida, Millatlar Ligasining qaysi ligasida o‘ynayotgan bo‘lardi? 

Bilasizmi, bu haqda gapirish juda qiyin. Biz hali B Ligasida o‘yin o‘tkazib ulgurmadik. Jamoangizda tezkor va qanotlarda yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar ko‘p. O‘zbekiston hech kimga osonlikcha taslim bo‘lmaydi, o‘z navbatida bizga ham. Ertangi o‘yinda o‘zimizning kuchli va kuchsiz taraflarimizni ko‘rib olish muhim bo‘lardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!